Huawei 1
O'zbekiston YUNESKOning Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo'yicha xalqaro tadqiqot markaziga a'zo bo'ldi

YUNESKOning Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo'yicha xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM) bosh direktori Aruna Francheska Mariya Gujral O'zbekiston tashkilotga a'zo bo'lganini rasman e'lon qildi.

"O'zbekiston Respublikasi Ustav ikkinchi moddasining ikkinchi va to'rtinchi bandlariga muvofiq qo'shilish to'g'risidagi rasmiy deklaratsiyani topshirgach, 2024 yil 30 avgust kuni IKKROMga rasman qabul qilinib, 138-a'zo davlatga aylanganini e'lon qilish men uchun katta sharafdir", – deyiladi tashkilot bosh direktori Aruna Francheska Mariya Gujralning rasmiy bayonotida. – Qayd etilishicha, bu O'zbekistonning boy madaniy merosini asrab-avaylash va barqaror boshqarishga sodiqligini ta'kidlaydi hamda a'zo davlatlar o'rtasida hamkorlik va bilim almashishni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadamdir.

O'zbekistonning ming yilliklarni qamrab olgan ulkan va rang-barang bo'lgan ham moddiy, ham nomoddiy merosi mamlakatning butun dunyoda e'tirof etilgan tarixiy va madaniy ahamiyatidan dalolat beradi.

IKKROMga qo'shilish O'zbekistonga boy bilim va tajribani olib kirish imkonini beradi. Bu esa madaniy merosni asrab-avaylashni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yuklatilgan vazifani bajarishdagi sa'y-harakatlarimizga xizmat qiladi.

Chin dildan xursandman, chunki ushbu voqea IKKROMning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ishtirokini kuchaytiradi. Ishonchim komilki, O'zbekistonning tashkilotga a'zoligi mintaqaning boshqa mamlakatlarini madaniy merosni saqlash va himoya qilish bo'yicha missiyamizga qo'shilishga ilhomlantiradi.

O'zbekiston Hukumatiga sodiqlik uchun IKKROM nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. IKKROMga a'zo barcha davlatlarga uzoq muddatli foyda keltiradigan, hozirgi va kelajak avlodlar uchun merosimizni asrab-avaylash va himoya qilishga umumiy sodiqlikni mustahkamlaydigan faol, strategik va dasturiy sheriklikni yo'lga qo'yish bo'yicha qo'shma hamkorligimizning boshlanishini intiqlik bilan kutaman.

O'zbekistonni IKKROMga 138-a'zo davlat sifatida tabriklashda menga qo'shilishingizni so'rayman va biz uning dasturlarimiz va tashabbuslarimizda faol ishtirok etishini intiqlik bilan kutamiz".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты