2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezidentning “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022 yilda quyidagi dam olish kunlari belgilandi:
Unga ko'ra:
- barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentyabr - juma;
- olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentyabr - shanba va 31 dekabr - shanba.
Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:
8 yanvar — shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;
7 may — shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;
14 may — shanba kunidan 5 may - payshanba kuniga;
16 iyul — shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты