Huawei 1
O'zbekistonda 2024-yil yozning so'nggi oyi va yoz mavsumi qanday bo'ldi?

Yoz faslining so‘nggi oyi - avgust ham nihoyasiga yetdi. Harorat tartibi bo‘yicha bu yil turlicha bo‘ldi.

Avgust oyining birinchi yarmi juda iliq bo‘lib, me’yordan o‘rtacha 2-3,5 darajaga yuqori bo‘ldi. Ushbu davrda kunduz kunlari havo harorati 36-41 darajagacha, janubda 42-43 darajagacha, eng chekka janubda ayrim kunlarda 45 darajagacha ko‘tarildi.

Markaziy va janubiy hududlarda 40 daraja va undan yuqori haroratli kunlar soni so‘nggi 10 yil ichida, ayniqsa respublikaning eng chekka janubida o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ldi. Biroq, juda yuqori harorat qiymatlari avgust oyida kuzatilmadi. 

Oyning ikkinchi yarmida yaqinlashib kelayotgan kuzning xabarchisi sifatida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir qator salqin havo kirib kelishi kuzatildi. O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat foni me’yorgacha pasaydi. Kunduzgi havo harorati asosan 29-34 daraja, janubda 35-38 daraja atrofida bo‘ldi. Harorat eng salqin bo‘lgan kechalarda 14-17 darajagacha pasaydi.

Avgust oyida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 1-2 darajaga yuqori bo‘ldi. 

O‘zbekiston hududining katta qismida 2024 yil avgust oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq avgust oylari uchligiga kirdi.

Avgust oyi quruq bo‘ldi. Yomg‘ir juda kam yog‘di - hududning katta qismida kundan 3 kungacha biroz yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi, oylik yog‘ingarchilik miqdori 1-2 mm ni, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida 3-5 mm ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida 9-10 mm ni tashkil etdi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham yomg‘ir kam yog‘di, ammo yomg‘ir yog‘ishi jadalroq bo‘ldi. Oylik yog‘ingarchilik midori 6-11 mm ni, Toshkent viloyatining baland tog‘larida va Qamchiq dovoni hududida 19 mm ni tashkil etdi.

Respublikaning janubiy va janubi-g‘arbiy hududlarida oy davomida yomg‘ir umuman yog‘madi. 

Oy davomida respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kuzatildi, Ustyurtda ba’zi joylarda shamolning kuchayishi ba’zida 20-25 m/s ga yetdi. 

Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 800 m gacha yomonlashdi.

Avgust oyining oxirida 2024 yilning yozgi mavsumi yakunlandi. Ushbu yilda avgust oyi me’yordan 1-2 darajaga iliqroq bo‘lib, O‘zbekiston hududining katta qismi bo‘yicha esa 2021 va 2023 yillarning yozgi mavsumlari bilan bir qatorda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi.

O‘tgan yozning3 oyi odatdagidan o‘rtacha iliqroq bo‘lib, iyun oyi respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida me’yorga nisbatan eng iliq bo‘ldi. Bu oyda o‘rtacha oylik haroratni me’yordan chetlanishi 2-2,5 darajani tashkil etdi.

Umuman olganda yoz odatdagidan iliqroq bo‘lishiga qaramay, butun yoz mavsumi uchun havo haroratining eng yuqori qiymatlari rekord ko‘rsatkichlardan uzoq bo‘ldi.

Bu faktlar, uzoq vaqt davomida jazirama issiqning kuzatilmaganligi bilan bir qatorda2024 yil yozgi mavsumni harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholashga imkon beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91614 | Инструменты