Huawei 1
O'zbekistonda 3 oyda 210,8 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln so‘mga yetdi, deb ma’lumot berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 trln so‘mga yoki 12,6 foizga oshgan.

Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar–mart oylarida xizmatlar hajmi 169,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 114,2 foizni tashkil etgan.

2025-yilning yanvar–mart oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5,6 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga oshgan.

2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 113,9 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54 foizini tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42301 | Инструменты