Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘rtasida qiymati $450 minglik issiqlik ta’minotini rivojlantirish uchun shartnoma imzolandi
Joriy yilning 19-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan "Hukumat soati"da Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uylarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash to'g'risida ma'lumot berib o'tdi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.
Xabarga ko'ra, respublikada jami 39 691 ta ko‘p kvartirali uy-joy mavjud bo‘lib, shundan 20 837 tasi markazlashgan va induvidual (ikki konturli) issiqlik tizimi ta’minoti hamda qolgan 18 854 tasi alternativ usulda, ya’ni qo‘lbola pechlar, golland pechlari, issiq suv kolonkalari, elektr isitgichlar yoki boshqa turdagi loyihasiz isitish tizimidan foydalanib kelmoqda.
Shuningdek, 2022-2026-yillarda dastlabki qiymati 2,5 trln so‘m bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish, bunda 60 ta yangi qozonxona va 290 km issiqlik tarmoqlarini qurish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va hududiy hokimliklar bilan birgalikda 2023-yilda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 15 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda 14 ta qozonxona va 119 km issiqlik tarmoqlarida modernizasiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Xususan, 5 ta qozonxona va 23 km issiqlik tarmoqlari quriladi, 9 ta qozonxona va 96 km issiqlik tarmoqlarida rekonstruksiya va modernizasiya ishlari amalga oshiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra loyihalarning jami qiymati 395 mlrd so‘m tashkil etadi.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida, 25 mingga yaqin xonadondan iborat 525 ta ko‘p kvartirali uy va 62 ta ijtimoiy soha ob’yekti sifatli va uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Natijada, 42 mln m3 tabiiy gaz yoki 60 mlrd so‘m mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Issiqlik ta’minoti tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida gaz tanqisligi bo‘lmagan hududlar, ya’ni Buxoro, Nukus, Urganch, Quvasoy va Farg‘ona shaharlaridagi qozonxonalarga kogenerasiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘zda tutilmoqda.Issiqlik ta’minoti tizimiga investisiya kiritish orqali yiliga 75 mlrd so‘mlik issiqlik energiyasi bilan birga 365 mlrd so‘mlik elektr energiyasi ishlab chiqarilib, loyiha 19 yilda o‘zini oqlaydi. Natijada, 42 ming ta honadondan iborat 1 102 ta ko‘p kvartirali uylar va 134 ta ijtimoiy soha obyektlari uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.
O‘z navbatida, issiqlik ta’minoti sohasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender jarayonlariga ko‘maklashish bo‘yicha konsultativ xizmatlar ko‘rsatish maqsadida, Osiyo taraqqyot banki va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘rtasida qiymati 450 ming AQSH dollarni tashkil etuvchi shartnoma memorandumi imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122612 | Инструменты