Toshkent koʻchalaridagi changni bostirish uchun 100 ta maxsus texnika suv sepyapti

Toshkent koʻchalarida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yoʻl qoplamasini muntazam namlash changning bosilishiga va uning havoga koʻtarilishini kamaytirishga yordam beradi.

Shu bilan birga, favvoralar va sugʻorish tizimlari ham ishga tushirilmoqda. Bu nafaqat koʻchalardagi namlikni oshirish, balki shahar muhitini yanada yoqimli qilishga ham xizmat qiladi.

Suv purkash, sugʻorish va favvoralar faoliyati birgalikda shahar mikroiqlimini yaxshilash, chang miqdorini kamaytirish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102811 | Инструменты