Davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha davlat agentligi direktori intervyuda ular tumanlardan kattaroq, ammo viloyatlardan kichikroq aymoqlarga ajratilishini aytdi. Qirg‘izistonda 40 ta tuman o‘rniga 20 dan ortiq aymoq bo‘ladi.
Qirg‘izistonda barcha viloyat va tumanlarni tugatish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha davlat agentligi direktori Elchibek Jantayev "Kabar" agentligi efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha ma’muriy organlar tugatiladi. Respublikada viloyat va tumanlar o‘rniga aymoqlar tashkil etiladi.
"Aymoqlar tashkil etiladi — bular tumanlardan kattaroq, ammo viloyatlardan kichikroq birliklardir. Qirg‘izistonda 40 ta tuman o‘rniga 20 dan ortiq aymoq bo‘ladi. Har bir viloyat o‘ziga xos salohiyatga ega.
Masalan, Issiqko‘l viloyatini janubiy va shimoliy qismlarga ajratish mumkin. Jalolobod va O‘sh viloyatlarida ham kichikroq tumanlar, ham rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan boshqa tumanlar mavjud. Shu tamoyilga asoslanib, ular birlashtiriladi va keyinchalik aymoqlarga qayta tashkil etiladi", — dedi Jantayev.
Ma'lumot uchun, 2023-yilda respublikada ma’muriy-hududiy islohotning birinchi bosqichi boshlangan. Ushbu jarayon doirasida ayrim tumanlarning chegaralari o‘zgartirildi, bir qator aholi punktlari esa shaharlar tarkibiga kiritildi.
Shuningdek, 2023-yilda Prezident Sadir Japarov viloyat va tumanlarni ma’muriy birlik sifatida tugatish hamda ularning o‘rniga 20 dan ortiq "aymak" tashkil etish rejalari haqida so‘z yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102812 | Инструменты