O'zbekistonda 6 oy ichida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqaro jabrlangan

Bugun, 20-iyul kuni AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat ko‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqarolar jabrlangan, ulardan 52 nafarini bolalar tashkil etgan.

Shu bilan birga, vakolatli organni xabardor etgan holda respublikadagi 279 ta dehqon bozorlaridan 61 tasida sanitariya nazorati amalga oshirildi va ularning barchasida sanitariya qoidalari, normalariga rioya etilmayotganligi aniqlandi.

O‘rganishlar mobaynida xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha normalarga javob bermaydigan 440 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanib, iste’moldan olinib, o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilindi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, sotish va tayyorlash bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ombudsmanning ruxsati bilangina amalga oshirilishi sababli tegishli nazorat tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilmayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32307 | Инструменты