Eng yuqori o'rtacha oylik maosh - Toshkentda, eng kam - Farg'ona viloyatida
O'zbekistonda 2022-yil yanvar-iyun oylarida xodimlarga 82,5 trln so‘mga yaqin ish haqi hisoblangan. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, o'tgan 6 oy davomida ish haqi hisoblangan xodimlar soni salkam 5,4 mln nafarni tashkil qildi.
O‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, o'rtacha oylik maosh hududlar kesimida tahlil qilganda:
- Toshkent shahri – 4,40 mln so'm;
- Navoiy – 3,77 mln so'm;
- Toshkent viloyati – 2,84 mln so'm;
- Qoraqalpog'iston Res. – 2,44 mln so'm;
- Buxoro – 2,26 mln so'm;
- Qashqadaryo – 2,11 mln so'm;
- Surxondaryo – 2,10 mln so'm;
- Samarqand – 2,09 mln so'm;
- Jizzax – 2,08 mln so'm;
- Xorazm – 2,08 mln so'm;
- Sirdaryo – 1,98 mln so'm;
- Farg'ona – 1,96 mln so'm.
Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida pensiyalar miqdori bilan ish haqi o‘rtasidagi tafovutni kamaytirishga oid qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoniga binoan, 2022-yil 1-iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshirilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30307 | Инструменты