Normativ-huquqiy hujjat loyihalari portalida "Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaror muhokamaga qo'yildi.
Belgilanishicha, abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda 3 tagacha akademik liseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.
Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, akademik liseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, kelib tushgan arizalar soni belgilangan parametriga nisbatdan kam bo‘lsa, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv yili uchun arizalar soniga nisbatan ikki baravar qisqartiriladi.
Xabarda keltirilishicha, akademik liseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish va o‘qishga qabul qilishga ruxsat beriladi.
Mazkur qaror 2023-yil 4-yanvargacha jamoatchilik muhokamasida bo'ladi. Agar u bir ovozdan maqullansa, tegishli tartibda maqullanadi.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты