Vazirlar Mahkamasining "Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, endi test natijalari xalqaro metodologiya - "Rash" modeli bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Xususan, A+, A, B+, B, C+ va C darajali sertifikatlar beriladi:
• 70 balldan yuqori balla uchun A+ darajasi;
• 65-69,9 ball uchun A darajasi;
• 60-64,9 ball uchun B+ darajasi;
• 55-59,9 ball uchun B darajasi;
• 50-54,9 ball uchun C+ darajasi;
• 46-49,9 ball uchun S darajasi.
Bunda A+ va A darajasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar universitet bakalavriatiga o‘qishga kirishda tegishli fan bo‘yicha test sinovlari bo‘yicha maksimal ball oladi.
Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar my.gov.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Ishtirok etish to‘lovi o‘zgarishsiz qoldi — 1,5 BHM.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112910 | Инструменты