O'zbekistonda endi tug‘ilganlik haqida QR-kodli ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga teng hisoblanadi

2023-yil 1-yanvardan tug‘ilganlik haqida tibbiyot muassasalarida beriladigan QR-kodli ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga teng hisoblanadi. 

Ta’kidlanishicha, QR-kodli ma’lumotnomani davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulga qadar nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish belgilandi.

O‘tkazilgan huquqiy eksperiment natijalari bo‘yicha ushbu davlat xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты