O'zbekistonda endilikda chiqindilarni tashib ketish sohasiga tadbirkorlar jalb etiladi
O'zbekistonda endilikda chiqindilarni tashib ketish sohasiga tadbirkorlar jalb etiladi. Bu haqda AOKAda o'tkazilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ma’lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, chiqindilarni tashib ketish uchun tadbirkorlarga hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish mexanizmlari yaratilmoqda. Xususan, maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish bo‘yicha 8 ta bitim imzolandi.
Shuningdek, 235 ta qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlarining 42 tasi rekultivatsiya qilindi.
Ma'lum bo'lishicha, joriy yil boshidan buyon chiqindilar bilan bog‘liq 6 913 ta qonunchilik talablari buzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilib, 2 mlrd so‘m miqdorida jarimalar rasmiylashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31510 | Инструменты