Huawei 1
O'zbekistonda eshitish qobiliyati past bo‘lgan 250 nafar bolaga koxlear implant o‘rnatiladi

Yurtimizda onalar va bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar zarur dori vositalari bilan qo‘shimcha ravishda bepul ta’minlanmoqda.

Unga ko‘ra:

2023-yil respublika bo‘yicha 6-23 oylik bo‘lgan jami 1,2 mln nafar bola mikronutriyent kukuni bilan bepul ta’minlanadi.

2-10 yoshdagi jami 6,3 mln nafar bolalarga gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar beriladi.

Bundan tashqari:

Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 8,5 mln nafar 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi.

5,9 mln nafar 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarga polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bepul tarqatiladi.

Eshitish qobiliyati past bo‘lgan 250 nafar bolaga koxlear implant o‘rnatiladi.

Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolani davolash uchun 120 milliard so‘mlik dori vositalari yetkazib beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51607 | Инструменты