Huawei 2
O'zbekistonda fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi yaratiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunining loyihasi birinchi o'qishda ko'rib chiqilmoqda.

Loyiha fazoviy ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Ta'kidlash joiz, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamlashtirish va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda geografik axborot tizimlari va veb-portallar shakllantirilmoqda hamda ular yordamida aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko'rsatilmoqda. Xususan, navigatsiya xaritalari, geoportallar, internet veb-servislarning ma'lumotlar bazasi fazoviy ma'lumotlardan tashkil topgan. Bunda kosmik suratlar, dronlardan olingan ma'lumotlar, xaritalarda ko'rsatilgan yer, bino-inshoot, yo'llar, daryolar, quvurlar va ular to'g'risidagi qo'shimcha ma'lumotlar fazoviy ma'lumotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Shu ma'noda “Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi mazkur yo'nalishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Qonun bilan fazoviy ma'lumotlarga kirish (foydalanish) huquqi va ularni himoya qilish, fazoviy ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanishda idoralararo aloqalarni yo'lga qo'yishning huquqiy asoslari yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga