Huawei 1
O'zbekistonda hokimliklarga “tashqari”dan ekolog-konsultantlar jalb qilinadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda ekologiya va "yashil rivojlanish" masalalari bo‘yicha konsultantlar xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari hisobidan jalb qilinadi.

Prezidentning joriy yil 7-fevralda qabul qilingan joriy yilgi davlat dasturiga doir farmonida qayd etilishicha, bu "hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish" maqsadida amaliyotga tatbiq qilinyapti.

Shuningdek, xuddi shu maqsadlarda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda 1-apreldan aholi va tadbirkorlar uchun elektr energiyasiga “yashil” tariflar joriy etilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21118 | Инструменты