O'zbekistonda klaster usulida mebel ishlab chiqaradigan 15 ta kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi
O'zbekistonda klaster usulida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 15 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi. Bu haqda Prezidentning “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ta'kidlab o'tilgan.
Shuningdek, qarorga ko'ra, Kichik sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish maydonlari mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish uchun yer maydoni ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Quyidagi xarajatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi:
- 2021–2024 yillarda yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalarning xomashyo (TIF TN bo‘yicha 4410 va 4411 kodlari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi miqdorida;
- 2024 yil 1 yanvargacha mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eksport qiluvchi korxonalarga mebel mahsulotlarini barcha davlatlarga, shu jumladan qo‘shni davlatlarga eksport qilishda avtomobil va temir yo‘l tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 5 foizidan, temir yo‘l transportida 7 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida.
2023 yil 1 yanvarga qadar mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, 2022 yildan har yili may oyida Mebel xalqaro savdo ko‘rgazmasi (“Uzbek International Furniture Fair”) o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты