2024-yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
— umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejyerlik sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi; bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har 5 yilda 1 marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahar) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida (hozirda 51 mln so‘m) mablag‘ ajratilib, bu mablag‘lar 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты