O'zbekistonda "No-shpa" va "Smekta" dorilarining kontrafaktlari sotilayotgani aniqlandi
“CHINOIN Gyógyszer és Vegyészeti Termékek Gyára Zrt.” (Vengriya) kompaniyasiga tegishli "NO-SHPA/НО-ШПА" tovar belgisidan “ShD” MChJ tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik holati aniqlandi.
Ushbu holatda kontrafakt dori mahsuloti qadogʻidagi “NOSHNA” soʻzi “NO-SHPA” tovar belgisiga fonetik va tasviriy jihatdan iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshashdir.
Mazkur huquqbuzarlik holatini bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “ShD” MChJ rahbariga nisbatan taqdimnoma kiritildi.
Natijada kontrafakt yorliqlar tayyorlagan firma mansabdor shaxslari mazkur harakatlari qonunga zid ekanligi va zararli oqibatlari mavjudligini tushungan holda oʻzi tayyorlagan kontrafakt mahsulotlarning yorliqlarini yoʻq qildi.
Shuningdek, Fransiyaning "Ipsen Consumer Healthcare" kompaniyasiga tegishli “смекта” tovar belgisidan “BMP” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik holati aniqlandi. Ushbu holatda kontrafakt dori mahsulotlari qadog'idagi so'zlar “смекта” tovar belgisiga tasviriy jihatdan umumiy ko‘rish taassurotlar asosida iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash boʻlgan.

Mazkur huquqbuzarlik holatini bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “BMP" MChJ rahbariga nisbatan taqdimnoma kiritildi.
Natijada huquqbuzar oʻz harakatlari qonunga zid ekanligi va zararli oqibatlari mavjudligini tushungan holda oʻzi tayyorlagan kontrafakt mahsulotlarning yorliqlarini yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты