Huawei 1
O'zbekistonda “Smart Water” texnologiyasi joriy etiladi

Dunyo aholisining o'sishi bilan suv va oziq-ovqatga bo'lgan talab ortib bormoqda. Bu esa dunyoning barcha davlarida suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo'lga qo'yishni talab etadi. Suv resurslariga e'tibor yetarli darajada emasligi, iqlim o'zgarishi va atrof-muhit sharoitining yomonlashishi tufayli ko'plab suv manbalari xavf ostida qolmoqda. Dunyo resurslari institutining prognozlariga ko'ra, 2040-yilga kelib, jahonning 33 davlati suvning o'ta darajada tanqisligi muammosi bilan to'qnashadi. Bu mamlakatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi mavjud.

Mamlakatimizda suvni tejash, undan oqilona foydalanish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Xususan, 2020-yil 10-iyulda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoni kelgusi o'n yillikda mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta'minlash, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo'jaligiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun xizmat qiluvchi hujjatdir.

Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan konsepsiyasiga muvofiq, 2030-yilga qadar:

– sug'orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish va sug'oriladigan maydonning har bir gektariga beriladigan suv hajmini 20 foizga kamaytirish orqali suvning mahsuldorligi oshirish;
– Suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste'molini 8,0 mlrd kVt.s dan 6,0 mlrd kVt.s gacha, ya'ni 25 foizga kamaytirish;
– 100 ta yirik suv xo'jaligi ob'ektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kabi qator vazifalar belgilangan.
Shunindek, konsepsiyada «Smart Water» («Aqlli suv») axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o'lchash tizimi joriy etilgan suv xo'jaligi ob'ektlari soni 61 tadan 2020 yilda 151 tagacha, 2024 yilda 18 576 tagacha ko'payishini ta'minlash belgilab qo'yilgan.
Umuman olganda, konsepsiya doirasida amalga oshiriladigan ishlar suv resurslari zaxirasi hamda aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta'minlashda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, transchegaraviy suv resurslaridan adolatli foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish orqali suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52512 | Инструменты