AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda bolalar salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga e’tibor qaratdi. Xabarlarga ko‘ra, Oq uyda o‘tkazilgan tadbirda Tramp so‘nggi yillarda AQShda bolalar orasida semizlik holatlari sezilarli darajada oshganini ta’kidladi.
“Agar 1960-yillarda bolalarning bor-yo‘g‘i 5 foizi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 20 foizdan oshib ketgan”, — dedi Tramp. U, shuningdek, mamlakatdagi bolalarning 40 foizida kamida bitta surunkali kasallik borligini, 31 boladan bittasida esa autizm aniqlanayotganini bildirdi. Taqqoslash uchun, bir necha o‘n yil oldin bu ko‘rsatkich 10 000 boladan 1 nafarni tashkil etgan.
Tramp, shuningdek, semizlik nafaqat bolalar orasida, balki harbiy xizmatda ham jiddiy oqibatlarga olib kelayotganini eslatdi. Avvalroq ma’lum qilinganidek, AQSh harbiylari har yili semizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun 1,35 milliard dollar sarflaydi. Bu mablag‘ning asosiy qismi — 1,25 milliard dollar tibbiy davolash xarajatlariga to‘g‘ri keladi. Yana 99 million dollar esa mahsuldorlik pasayishidan kelib chiqadigan yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
Mutaxassislarning fikricha, harbiylar orasida jismoniy tayyorgarlik talablarining pasaytirilishi ushbu xarajatlarning oshishiga olib kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52503 | Инструменты