Turkiy davlatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini mustahkamlash, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi o‘rtasida uch tomonlama “Yo‘l xarita” imzolangan.
Unda ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytiruvchi turizm dasturlarini ishlab chiqish, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish va boshqalar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ziyorat turizmi maqsadida kelayotganlar uchun chegara postlarida qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Ikki davlat oʻrtasida avtobus qatnovini koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan umumiy sayyohlarning 50,1 foizi Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Vengriya va Turkmaniston davlatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Shundan, 40,2 foizi Qozogʻistondan tashrif buyurgan turistlardir (1 333,4 ming nafardan ortiq).
Turizm qo‘mitasi tomonidan sohadagi ekspertlar jalb qilinib, Turkiy davlatlar tashkilotining veb-portalida “Tabarruk ziyorat” turizm platformasi ishga tushirildi (www.tabarrukziyorat.uz). Mazkur platformaga O‘zbekiston hududida joylashgan Turkiy dunyo sivilizatsiyasida muhim o‘rin tutgan 100 ga yaqin ziyoratgoh hamda qadamjolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 7 ta tilga tarjima qilinib joylashtirib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, 2023-yil 25-29-noyabr kunlari Buxoroda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” tashkil etildi. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo hamda kuzatuvchi mamlakatlardan tashrif buyurgan tadbir ishtirokchilari Buxoro shahrining qadimiy maskanlari – tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi” ilmiy-amaliy konferensiyasi, “Buxoro viloyati turizm imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya hamda Buxoroning yagona ziyorat turizmi brendi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
2023-yilda mamlakatga 1,415 million nafar ziyoratchilar tashrif buyurdi. Jumladan, Tojikiston Respublikasidan (islom diniga oid) 428,0 ming nafar, Qirg‘iziston Respublikasidan (islom diniga oid) 335,0 ming nafar, Qozog‘iston Respublikasidan (islom diniga oid) 283,0 ming nafar, Rossiya Federatsiyasidan (xristian diniga oid) 98 000 nafar, Turkiyadan (islom diniga oid) 45 600 nafar Hindistondan (islom va buddizm diniga oid) 11 050 nafar, Xitoy Xalq Respublikasidan (buddizm diniga oid) 8 250 nafar, Isroildan (yahudiy diniga oid) 6 400 nafar, Ozarbayjon va Malayziyadan (islom diniga oid) 3 500 nafardan, Indoneziyadan (islom diniga oid) 3 290 nafar, Yaponiyadan (buddizm diniga oid) 3 280 nafar ziyoratchilar tashrif buyurdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80606 | Инструменты