O'zbekistonda "Yil o'qituvchisi" tanlovi g'oliblari aniqlandi - mukofot 616 mln so'm

O‘zbekistondagi pedagoglar o‘rtasida yilning eng katta bellashuvi – Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tanlovda 208 ta tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.

Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak e’tirofi, pedagoglarga ko‘rsatilgan munosib rag‘batligi ta'kidlandi. 

Tanlov nafaqat o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida ta’lim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi. 

G‘oliblar ro‘yxtati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi tanlovda O‘zbekiston bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etgan. Ulardan 208 nafari g'olib bo'lgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92214 | Инструменты