Huawei 1
O'zbekistondagi iqtisodiy sudlar endi 9 toifadagi arizalarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘ldi

"Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq  iqtisodiy sud  9 toifadagi arizalarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘ldi.

Yangi qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksida iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladigan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar ro‘yxati belgilandi. Ular jumlasiga quyidagilar kiritildi:

- arbitrni tayinlash, rad etish yoxud uning vakolatlari amal qilishini tugatish yoki arbitraj sudi yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qaror qabul qilish to‘g‘risidagi ishlar (taraflar arbitr shaxsi yoki arbitraj sudining vakolatlari bo‘yicha kelishuvga erishmaganda qo‘zg‘atiladi);


- dalillarni olishga ko‘maklashish, da’voni ta’minlash chorasini ko‘rish yoki uni ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar (arbitraj sudi fao­liya­tiga ko‘maklashish zarur bo‘lganda qo‘zg‘atiladi);


- arbitraj hal qiluv qarorini bekor qilish yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘­risidagi ishlar (taraflar arbitraj qaroridan norozi bo‘lganda yoki ushbu qaror ixtiyoriy ravishda ijro etilmaganda qo‘zg‘atiladi).

Arbitraj muhokamasida har doim bir taraf xorijiy davlat rezidenti bo‘lishini hamda chet elliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘­rish uchun muayyan tajriba zarurligini inobatga olib, arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar Qo­raqal­po­g‘is­ton Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, yangi qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksida iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladigan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar ro‘yxati belgilandi.

Bundan tashqari, Iqtisodiy prosetsesual kodeksiga sudlar tomonidan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibini belgilovchi alohida bob kiritildi.

Shu bilan birga yangi qonun bilan "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga asosan arbitraj hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida davlat boji to‘lanishi nazarda tutildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50210 | Инструменты