Huawei 1
O'zbekistonlik talabalar Xitoyda o'tkazilgan AKT bo'yicha xalqaro musobaqada uchinchi o'rinni egallashdi

Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenjen shahrida "Huawei ICT Competition 2024-2025" xalqaro musobaqasining yakuniy final bosqichi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Uch bosqichli – milliy, mintaqaviy va global tizim asosida o'tkazilgan musobaqalarda Toshkent axborot-texnologiyalari universitetining "Volta" jamoasi qatnashdi. Shuningdek, dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridagi ikki mingta oliy ta'lim muassasalaridan 960 ming nafar talaba ishtirok etdi.

Musobaqaning "Innovatsiyalar tanlovi" nominatsiyasida jamoalar kundalik hayotda to'qnash keladigan muammolarni aniqlab, sun'iy intellekt, "bulutli" hisoblash, katta ma'lumotlar hamda boshqa texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy va tijorat qiymatga ega bo'lgan funksional yechimlarni taqdim etishdi.

Final bosqichida ishtirok etgan Xitoy, Germaniya, Turkiya, Polsha, Argentina, Qatar va boshqa davlatlar jamoalari orasida Toshkent axborot-texnologiyalari universitetining "Volta" jamoasining taqdimoti tashkilotchilari tomonidan yuqori baholandi va ular uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61520 | Инструменты