Huawei 1
O'zbekistonliklar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etilmoqda. Maosh $1200-1500

Texnik stajyorlik dasturi asosida fuqarolar Yaponiyaga qurilish ishlariga taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Nomzodlar uchun talablar:

− yapon tilini N5-N4 darajada bilish;
− 18 yoshdan 30 yoshgacha;
− maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
− 3 yildan 8 yilgacha ishlashga tayyor.

Oylik maosh: 180 000 – 220 000  yena - 1200-1500 AQSH dollari (brutto).

Ish vaqti: haftasiga 45 soat (qoʼshimcha ish soati uchun alohida toʼlanadi).

Ish beruvchi hisobidan:
− hujjatlarni rasmiylashtirish;
− Toshkentdan Tokyogacha aviachipta;
− aeroportdan kutib olish va ish joyigacha transfer.

Nomzodlar suhbat asosida tanlab olinadi.

Ro'yxatdan o'tish.️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102317 | Инструменты