Huawei 1
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni havo qatnovi to‘g‘risidagi yangi hukumatlararo bitimni imzoladi

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi Transport vazirligi delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAOning havo qatnovi bo‘yicha muzokaralarga bag‘ishlangan ICAN 2024 tadbirida ishtirok etmoqda.

ICAN 2024 havo transporti bo‘yicha ikki tomonlama, mintaqaviy va ko‘p tomonlama muzokaralar va maslahatlashuvlar o‘tkazishga bag‘ishlangan ICAO ning xalqaro tadbiridir.

Tadbir doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi yangi hukumatlararo Bitimni imzoladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi havo transporti sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun 16 ta davlat vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102319 | Инструменты