Huawei 1
Turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari necha nafarni tashkil etdi?

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra,  2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 4,5 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln nafarga yoki 35,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Qirg‘iz Respublikasi – 2,1 mln nafar;
  • Tojikiston – 895,1 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 719,9 ming nafar;
  • Rossiya – 222,9 ming nafar;
  • Turkiya – 180,9 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 121,9 ming nafar;
  • BAA – 90,3 ming nafar;
  • Misr – 32,1 ming nafar;
  • Quvayt – 20 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 17,5 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar – 128,2 ming nafar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102318 | Инструменты