Huawei 1
O'zbekistonning 3 hududida salkam 4 ming tonna ko‘mirni talon-toroj qilganlar ushlandi

O'zbekistonning 3 hududida imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tumandagi bir nechta aholining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Jizzax ko‘mir ombori mas’ul shaxslari 1 556 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib, go‘yoki 765 tonna ko‘mir 160 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Forish ko‘mir ombori mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, kuz-qish mavsum uchun go‘yoki 410 ta xonadonga imtiyozli narxda ko‘mir sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 1 041 tonna  ko‘mirni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning  Quvasoy ko‘mir ombori mudiri E.U. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, imtiyozli narxlarda aholiga sotish uchun ajratilgan 1 284 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты