Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga nisbatan tajovuzkor bo‘lsa, G‘arb davlatlari bilan urush boshlashi mumkinligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Unga ko‘ra, agar G‘arb Rossiyaga «hujum» qilsa, o‘z armiyasiga ruslarga hujumni qaytarishda yordam berishni buyuradi.
«Agar Qo‘shma Shtatlar va uning g‘arbiy malaylari bo‘lmish yadro davlatlari qardosh mamlakatimiz Rossiya Federatsiyasiga harbiy bostirib kirish haqidagi xavfli g‘oyasidan voz kechmasa va hujumga o‘tsa, men mamnuniyat bilan va hech ikkilanmasdan dushmanning bosqinini qaytarish uchun harbiy kuch ishlatishni buyuraman», dedi u.
Kim Chen In, shuningdek, bu shimoliy koreyaliklar uchun «birodarlar va o‘rtoqlar sifatida» bajarishi lozim bo‘lgan «muqaddas missiya» deb atadi.
Avvalroq Kim Chen In o‘z jangchilarining Rossiya-Ukraina urushidagi ishtiroki o‘zini oqlashini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi harbiy provokatsiyalarni davom ettirsa, Shimoliy Koreya harbiy kuch ishlatishdan tortinmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты