Huawei 1
O'zbekistonning 3 ta viloyatida hojatxona qurish uchun tarixiy yodgorliklar qisman buzilgani aniqlandi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Hududlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda qonun buzilishi holatlari aniqlanib, bir qator arxeologiya yodgorliklarini yo‘qotilishi oldi olindi.

Xususan:

– Qashqadaryoda “Kofirtepa-2” (VII – XIII asrga oid) yodgorligining 2,4 m3, “Beshteraktepa”ning (IX – XII) 6 m3 hamda “Xontepa”ning (XI – XIII) 189 m3 qismi uy-joy;

– Jizzaxda “Tomoshotepa-2” (IV – V) yodgorligining 14 m3 qismi xojatxona hamda “Qoratepa”ning (V – VI) 30 m3 qismi issiqxona;

– Sirdaryoda “Hashartepa” (IX – XII) yodgorligining 6,4 m3 qismi xojatxona va xammom;

– Navoiyda “G‘azg‘ontepa” yodgorligining 16 m3 qismi mobil kompaniya antennasi, “Nonvoylartepa-2”ning 5,3 m3, “Kaltepa”ning (V – VIII) 23 m3 hamda “Yasiltepa”ning (III – XI) 20 m3 qismi xo‘jalik inshootlari;

– Toshkent viloyatida “Nomsiztepa-1” yodgorligining 15 m3 qismi xojatxona, “Nomsiztepa-2”ning 1,92 m3 qismi issiqxona qurish uchun qisman buzilgan.

Yuqoridagi jami 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92900 | Инструменты