Huawei 1
O'zgidromet: Navro‘z bayrami qulay ob-havo sharoitida o‘tadi

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo 25-27 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 30 daraja iliqqacha isiydi.

21 martda respublika hududining katta qismida Navro‘z bayrami qulay ob-havo sharoitida o‘tadi, faqat respublika shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati 27-30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublikaning g‘arbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 22-23 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi.

Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 22-27 daraja iliqni tashkil etadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

 Toshkentda: 20-23 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 21 va 23 martda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari 12-14 daraja iliq, kunduz kunlari 26-28 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты