Huawei 1
Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi

“Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonun aholining oziqlik qimmatiga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta'minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladi.

Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi hamda O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tezkor chora-tadbirlarni belgilaydi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning maqsadi mamlakat aholisining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarish hisobiga qanoatlantirishdan iborat.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlariga asosan har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31209 | Инструменты