Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutiga rektor etib tayinlandi
O'zbekiston davlat konservatoriyasining O'zbek maqom san'ati fakulteti hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegishli ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov - Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90700 | Инструменты