Huawei 1
Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi

Prezident tomonidan “O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlarni ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat etish huquqlari belgilanmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay bo‘lgan joyda ombudsmanga murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qo‘shimcha ravishda bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi o‘rnatiladi

Quti faqat ombudsman, bolalar ombudsmani yoki ularning kotibiyatlari xodimlari tomonidan ochiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты