Huawei 1
Paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq holatlar Milliy komissiya nazoratiga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimiga chiqmagan fuqarolarga nafaqa puli to‘lanmasligi, shu bilan birga maktab o‘qituvchilarining paxta yig‘im-terimi ishlariga odam chiqarishga majburlash bilan bog‘liq tarqalgan xabarlardagi holatlar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur holatlar zudlik bilan o‘rganiladi hamda masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Shu kabi holatlar aniqlangan taqdirda 1282  yoki 1092 qisqa raqamlariga yoki @munosibmehnat_bot telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты