Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi

Islandiya sobiq prezidenti Gudni Yoxannesson Tingvedlir milliy bog‘iga gid bo‘lib ishga joylashdi, deb yozadi Iceland Mirror.

Islandiya tarixidagi eng yosh davlat rahbari bo‘lgan Gudni Yoxannessonning prezidentlik muddati 2024 yilda yakunlangan edi. O‘sha yilning yozida u Tingvedlirga tashrif buyurib, bog‘da reynjyer sifatida ishlash taklifini olgan.

Yoxannesson 2025 yil yozgi mavsumda gid bo‘lib ishlashga rozi bo‘lgan. Ish boshlashdan oldin u birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kursni tamomlagan. Hozirda 56 yoshni qarshilagan sobiq prezident ekskursiyalar o‘tkazib, tashrif buyuruvchilarning savollariga javob bermoqda.

«Tashrif buyuruvchilarning aksariyati kimligimni bilishmaydi va bu shunchaki ajoyib», — deydi Gudni Yoxannesson.

Sobiq davlat rahbarining ta’kidlashicha, milliy bog‘da ishlash — bu davlat xizmatining davomidir, chunki Tingvedlir mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Yoxannesson prezidentlik lavozimidan ketganidan beri, shuningdek, mahalliy universitetda tarixdan dars ham bermoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты