Huawei 1
“Paynet”dan plastik kartaga pul tushirib, naqdini bermay qochib ketgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paynet” shoxobchasida plastik kartaga pul tushirib, lekin naqd pulni bermasdan qochib ketayotgan shaxsning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB o‘rganish olib bordi.

Maʼlum qilinishicha, 3-yanvar kuni 1993-yilda tug‘ilgan Xusanov Kamron Xisrav o‘g‘li Olmazor tumanidagi “Paynet” shoxobchasiga kirib, plastik kartasiga 682 000 so‘m miqdorda pul o‘tkazishni so‘ragan. Aytilgan pul miqdori plastik kartasiga tushirilgandan so‘ng, naqd pul to‘lamay u yerdan qochib ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning jinoiy xati-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-49-44, 71-206-46-35 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz", — deya Toshkent shahar IIBB aholiga murojaat qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60514 | Инструменты