Huawei 1
Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta'lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 28.04.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilidan pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha:

- pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta'lim shakli bo'yicha tashkil etilib, sirtqi ta'lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

- oliy pedagogik ta'lim yo'nalishida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2025/2026-o'quv yilidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitetning xalqaro ta'lim dasturlari joriy etilgan ta'lim yo'nalishlarida dars berish uchun professor-o'qituvchilarni tanlab olish tizimi yo'lga qo'yiladi.

2026/2027-o'quv yilidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

2026-yil 1-sentabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42917 | Инструменты