Polshaning ommabop "www.propertynews.pl" elektron portalida "Polsha moda giganti ekzotik bozorni o'zlashtirmoqda: 20 dan ortiq do'kon ochilishi rejalashtirilgan" sarlavhali maqola chop etildi.
Unda Polshaning kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "LPP" kompaniyasi o'z faoliyatini Markaziy Osiyoda jadal kengaytirishni rejalashtirayotgani haqida so'z boradi.
"2025-yil avgust oyida O'zbekistonda "Sinsay" brendining birinchi do'koni ochilsa, yil oxiriga kelib esa ularning soni 20 tadan oshishi kutilyapti. Bu kompaniyaning mintaqada izchil rivojlanishga qaratilgan strategiyasining bir qismidir", – deyilgan materialda.
Ta'kidlanishicha, Polsha kompaniyasi Ozarbayjon va Gruziya bozorlariga ham kirishga tayyorlanmoqda. Kompaniya 2025-yilning uchinchi choragida ushbu mamlakatlarda ham o'z shoxobchalarini ochishga muvaffaq bo'lgan. Qozog'istonda esa "LPP" 60 ga yaqin yangi do'kon ochishni rejalashtirgan.
"Kompaniya vakillariga ko'ra, Markaziy Osiyodagi iste'molchilar narxlarga nisbatan sezgirroq va aholining katta qismi hali ham bozorlardan xarid qilishini afzal ko'radi. Shu sababli, "Sinsay"ning ushbu mintaqadagi strategiyasi avvalam bor xamyonboplikka va nafaqat yirik shaharlar markazlarida, balki kichik hududlarda ham mavjud bo'lishga yo'naltiriladi", – deb yozilgan maqolada.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61718 | Инструменты