Senat yalpi majlisida Iqtisodiyot va moliya vazirligining mamlakat hududlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Senatorlar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim muammolarga e’tibor qaratildi.
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobul Tursunovning ma’lum qilishicha, avia va temir yo‘l qatnovida yo‘lovchilarni tashish hamda chipta olish masalalarida muammolar bugungi kungacha saqlanib qolgan.
"Xizmatlar sohasini rivojlantirishda turizm, jumladan ichki turizm muhim ahamiyat kasb etsa-da, ushbu yo‘nalishda avia va temir yo‘l qatnovida yo‘lovchilarni (turistlarni) tashish hamda chipta olish masalalarida muammolar bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Xususan, tahlillar ko‘rsatganidek, masofaviy “onlayn” dasturlar 1-3 kunlik muddat oralig‘ida (15-17 may), ayniqsa shanba, yakshanba kunlari Toshkent-Samarqand, Toshkent-Buxoro yo‘nalishlarida “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga va shu yo‘nalishdagi boshqa poyezdlarga ham chiptalar mavjud emas.
Bunday holat Toshkent-Urganch yo‘nalishida ham kuzatilgan. Shuningdek, Andijondan Xivaga faqat bitta reysda poyezd qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda ham chiptalar sotuvda yo‘qligi aniqlangan.
Buxoro va Samarqanddan Urganchga va Urganchdan Samarqandga (Urganch-Buxoro faqat 1 ta reys mavjud) aviareyslar yo‘lga qo‘yilmagan" — dedi senator o‘z ma’ruzasida
Alpha version: 0.9.1.19 build 82516 | Инструменты