Huawei 1
Poytaxt ko'chalarida ko'zi ojizlar uchun yo'l belgilari yotqizila boshlandi

Poytaxtimizdagi piyodalar yo'llari tartibga keltirilmoqda, veloyo'laklar va maxsus nogironlar yo'li tashkil etilmoqda.

Toshkent ko'chalarida ko'zi ojizlar uchun maxsus yo'l belgilari yotqizila boshlandi. Lekin ular markaziy ko'chalarda tashkil etilmoqda. O'ylaymizki, ana shunday qulayliklar birinchilardan bo'lib, muhtoj bo'lganlar uchun ham yaratiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, quruvchilar va obodonlashtirish tizimi mutaxassislari qator ko'chalar bo'ylab eni 1, 5 metr bo'lgan piyodalar yo'li, 0,80 metr kenglikdagi maxsus nogironlar yo'li hamda 1 metr kenglikdagi veloyo'laklarni barpo etmoqdalar.
Bunday ishlar bugungi kunda quyida keltirilgan ko'chalarda amalga oshirilmoqda.

- Haydar Aliyev ko'chasining Sariko'l ko'chasidan Ozarbayjon madaniyat markazigacha bo'lgan 2 kilometrlik qismida 90 foizga;

- Shahrisabz ko'chasining Katta Mirobod ko'chasidan Istiqbol ko'chasigacha bo'lgan 2,3 kilometr oralig'ida 50 foizga;

- Istiqbol ko'chasidan Nukus ko'chasigacha bo'lgan 1,6 kilometr masofada 30 foizga;

- Farg'ona yo'li ko'chasining Kichik avtomobil halqa yo'lidan Qo'yliq bozorigacha bo'lgan 7 kilometrlik qismida 15 foizga bajarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты