Huawei 1
Poytaxt tarkibida Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan Toshkent shahriga o‘tkaziladigan qariyb 20 ming gektar (shuning qariyb 13 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari) hududda Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi. Bu to‘g‘ridagi tegishli qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Qaror loyihasiga ko'ra, Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqorichirchiq tumanidan 17 323,31 gektar (shundan 11 147,29 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari), O‘rtachirchiq tumanidan 2 406,1 gektar (shundan 1 758,41 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi. 

Shuningdek, Toshkent viloyatidan Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilgan yer maydoni, shuningdek, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “Istiqbol”, “Darxon”, “Usmonobod”, “Navoiy”, “Jaloltepa”, “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, “Xvan T.G”, “Yashnobod”, “Uch chinor”, “Nurafshon”, “Mirobod”, “Fayziobod”, “A.Yassaviy”, “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, “Iyk-ota”, “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari hamda “Istiqlol”, “Gulobod”, “O‘zbekiston”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Marifat”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi xayot”, “Saxovat”, “Qizilsoy” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi va O‘rtachirchiq tumanidagi “Sholikor”, “O‘choqli”, “Bunyodkor”, “Mashal” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari hamda “Mustaqillik”, “Gulobod”, “Yangiturmush” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 19 729,41 gektardan iborat bo‘lgan Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20715 | Инструменты