Poytaxtda 8−10 noyabr kunlari ayrim avtobus yo'nalishlariga o'zgartirish kiritiladi

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitini o‘tkazish ishlari doirasida 2023-yil 8−10 noyabr kunlari ayrim ko‘cha yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakati cheklanishi sababli, avtobus yo‘nalishlarining faoliyatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritiladi:

Islom Karimov ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun to‘liq yopilishi sababli, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi:

- 51-sonli yo‘nalish harakati I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob, Beshyog‘och, Furqat ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;

- 141-sonli yo‘nalish harakati Qoratosh ko‘chasidan Furqat, A.Navoiy, Olmazor ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;  

- 196-sonli yo‘nalish harakati Afrosiyob ko‘chasidan Beshyog‘och, Furqat, A.Navoiy ko‘chalari orqali, keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha  tashkil etiladi.

Shuningdek, ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanishi sababli, quyidagi yo‘nalishlarda oraliq interval vaqtlari va qatnov vaqtlarining ortib ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin:

- Bobur ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarida;

- Nukus ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yo‘nalishlarda;

- Oybek ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 57, 67-sonli yo‘nalishlarda;

- Afrosiyob ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 13, 196-sonli yo‘nalishlarda;

- Sh.Rashidov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yo‘nalishlarda;

- I.Karimov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yo‘nalishlarda;

- A.Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97, 115, 140-sonli yo‘nalishlarda.

"Jamoat transportini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda Xalqaro Aeroportga borishni rejalashtirgan hamyurtlarimizdan o‘z vaqtlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz hamda keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, yo‘lovlar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ma'lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты