Huawei 1
Poytaxtda "kottej sotamiz" deb aldab, 27 mlrd so’m o’zlashtirganlar aniqlandi

“Arkenstone” va “VescoCottage” nomli MChJlar Toshkent shahrida kottej turar-joylarini qurayotgani haqida reklama e’lonlarini joylashtirib, shu yo‘l bilan yangi uy olish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning ishonchiga kirib, 2022 — 2023-yillar davomida 125 mln so‘mdan boshlang‘ich to‘lov sifatida fuqarolarning qariyb 27 mlrd so‘mini o‘zlashtirishgan.

Firma egasi mazkur mablag’lardan bir qismini, jumladan, 1,4 mln dollarini o’zining va onasining nomidagi plastiklar orqali xorijdagi birjaga o’tkazgan.

O’tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida chet el birjasidan 625 ming AQSh dollari qaytarilgan. Shuningdek, ayblanuvchining xorijdagi kriptobirjalardagi hisob raqamida 222 ming dollarga teng kriptovalyuta borligi aniqlangan va muzlatib qo’yilgan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты