Huawei 1
Poytaxtda qurilayothan yer usti metrosi ustunlari yaqinidagi yer o‘pirilib tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda qurilayothan yer usti metrosi ustunlari yaqinidagi yerning o‘pirilishi aks etgan suratlar tarqaldi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ  voqea bo‘yicha izoh berdi.

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ Kapital qurilish direktsiyasi ushbu faktni o'rganib chiqqach, poytaxtning Shohsanam ko'chasigagi mazkur o‘pirilishga yer ostidagi 1200 mm li vodoprovod trubasining beton qoplamasi buzilishi sabab bo‘lganini aniqladi.

Toshkent shahar "Suvsoz" davlat unitar korxonasi vakillarining so'zlariga ko'ra, suv ta'minoti va kommunikatsiya aloqalarida hech qanday shikast yo'q. Katta ehtimol bilan, yo'l qoplamasi va beton plitalar katta tashqi bosimga (ko'p tonnali yuk mashinalar qatnoviga) bardosh bera olmagan. Hodisa bo‘yicha tegishli xizmatlar o‘rganish ishlarini o‘tkazishyapti.

Ayni paytda shahar suv ta'minoti tashkilotining xodimlari ta'mirlash va tiklash ishlarini olib borishmoqda.
 
Shu bilan birga, ushbu voqeaning qurilayotgan yer usti halqa metro liniyasiga ta'siri bo‘yicha tashvishlanishga asos yo'qligini ta'kidlaymiz.

O‘pirilish qurilayotgan yer usti metrosi tayanch ustunlaridan 10 metr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa obyektga xavf tug'dirmaydi", - deyiladi izohda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты