Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab va yuklamaning keskin ortishi tabiiy.
Ushbu vaziyatda yo‘lovchilarga munosib transport xizmati ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida bugun erta tongdan shaxsan transport vaziri va uning o‘rinbosarlari "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylariga tashrif buyurib, yo‘nalishlarga avtobuslarning belgilangan jadval asosida chiqarilishini nazoratga oldi.
“Toshshahartransxizmat” tomonidan poytaxt bo‘yicha jami 163 ta avtobus yo‘nalishi tashkil etilgan bo‘lib, yo‘nalishlarga umumiy hisobda 1556 ta avtobuslar harakatga chiqarildi. Ushbu avtobuslardan 1037 tasi bevosita ta’lim muassasalari yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi.
Qatnovlar orasidagi intervallar o‘rtacha 8-12 daqiqa bo‘lib, bu bekatlarda uzoq kutishlarning oldini oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90903 | Инструменты