Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi "Kosmonavtlar" metro bekatida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28-noyabr kuni “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan Toshkent elektr tarmoqlariga tegishli elektr kabellarda qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan va bu holat mas’ullar tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilgan.
Yuzaga kelgan ushbu holat metropoliten faoliyatiga ta’sir qilgani yo‘q. Metropolitenning “Kosmonavtlar” bekatida barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda.
Shuningdek, holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali izoh berdi.
Ma’lum bо‘lishicha, 110/35/10 kVli “Sayilgoh” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangan.
Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar tо‘liq boshqa tarmoqqa о‘tkazilgan bо‘lib, hozirda elektr energiyasi ta’minotidan uzilishlar yо‘q. Mazkur vaziyat sabablari aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты