Huawei 1
Poytaxtdagi mashhur "fast-food"larning birida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi mashhur fast-foodlarning birida ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilmoqda, mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, so'nggi kunlarda ovqatlanish korxonasida taom iste'mol qilib, undan zaharlanganlik bo'yicha Boshqarma va uning tuman bo'limlariga shoshilinch xabarnoma hamda murojaatlar kelib tushmagan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emasligi aytildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91909 | Инструменты