O'rta asrlarda shaxmat shohlar va sarkardalar, shuningdek bilimli va ta'minlangan aholi vakillari o'yini hisoblanardi.
Mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada ommalashtirish, yosh shaxmatchilarning tajribalarini oshirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida “Ipak yo'li” banki ko'magida poytaxtimizda Sky Chess Open ochiq chempionati o'tkazildi.
O'rta asrlarda shaxmat shohlar va sarkardalar, shuningdek bilimli va ta'minlangan aholi vakillari o'yini hisoblanardi. Hozirgi vaqtda esa vaziyat butunlay boshqacha, jinsi va yoshidan qat'iy nazar shaxmat o'ynash imkoniyatiga hamma ega. Mamlakatimizda ham yildan-yilga ushbu sport turiga qiziqadigan odamlar, ayniqsa yosh sportchilarning soni ortib bormoqda. Ko'pchilik shaxmat bilan shug'ullanadigan bolalar aniq fanlarga ko'proq qiziqish bildirib, gumanitar sohalarda muvaffaqiyatga erishmaydi degan fikrda bo'ladi. Aksincha, amaliyot shaxmat inson salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga egaligini ko'rsatmoqda.
Hamyurtlarimizning qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Ipak Yuli banki shaxmat bo'yicha navbatdagi Sky Chess Open chempionatini o'tkazishga ko'maklashdi. Musobaqalarda jami 100 nafarga yaqin shaxmatchilar ishtirok etishdi. E’tiborlisi, ushbu turnirda havaskorlar bilan bir qatorda, mahalliy va xorijiy grossmeysterlar, O'zbekiston, Osiyo va hattoki jahon chempionlari ham qatnashishdi.

Xalqaro grossmeyster Tohir Vohidov: Bilasizmi, ko'p yillar mobaynida chet elda ishladim. U yerda shaxmat bilan juda ko'p bolalar shug'ullanadi. Bu sport turi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydi, shuning uchun faqatgina xususiy to'garaklar faoliyat olib boradi. Ota-onalar o'z farzandlarini chempion qilish maqsadida emas, balki har tomonlama rivojlantirish uchun shu sport turiga qiziqtirishga harakat qilishadi. Bu mashg'ulot nafaqat matematika, balki turli qarorlar qabul qilishda ham yordam beradi. Mana ko'rganizdek, bu yerda kichkina bolalar kattalar ustidan g'alaba qozonishmoqda. Albatta, bunday tajriba ularga kelajakda as qotadi.
Natijalarga ko'ra, g'oliblar “Ipak yo'li” banki tomonidan diplom, medal va pul mukofoti bilan taqdirlandi. G'oliblar qatoridan Javoxir Sindarov, Sami Shoker, Abdumalik Abdisalimov, Shamsiddin Voxidov, Ortik Nigmatov, Gulruxbegim Toxirjonova, Oksana Slapoguzova, Akjon Raxmatullayev, Islombek Sindarov va boshqalar joy oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты